Sentyabr oyida "Andijon" klubi Osiyo Chempionlar Ligasi-2 musobaqasida ishtirok etadi.
OChL-2 musobaqasida jami 32 ta klub qatnashadi. Ishtirokchilar mos ravishda 16 tadan Sharq va G‘arb mintaqalariga bo‘linadi.
Turnirda debyut qilayotgan "Andijon" G‘arb mintaqasidan joy olgan.
"Al Muharraq" (Bahrayn)
"Al Khaldiya" (Bahrayn)
"Al Wasl" (BAA)
"An Nasr" (Saudiya Arabistoni)
"Al Ahli" (Qatar)
"Istiqlol" (Eron)
"Andijon" (O‘zbekiston)
"Al Hussayn" (Iordaniya)
"Al Vihdat" (Iordaniya)
"Mohun Bagan" (Hindiston)
"Istiqlol" (Tojikiston)
"Arkadag" (Turkmaniston)
"Al Zavra" (Iroq)
"Regar TadAZ" (Tojikiston) – "Ahal" (Turkmaniston) g‘olibi
"Goa" (Hindiston) – "Al-Sib" (Ummon) g‘olibi
"Al-Duhail" (Qatar) – "Sepahon" (Eron mag‘lubi, g‘olibi OChL Elitada qatnashadi)
OChL 2 musobaqasi formati bo‘yicha uy va safar tizimida o‘tkaziladi. Shuningdek, 4 ta guruhning har birida birinchi va ikkinchi o‘rin egalari keyingi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.
Guruh o‘yinlari taqvimi
1-tur: 16–18 sentyabr
2-tur: 30 sentyabr – 2 oktyabr
3-tur: 21–23 oktyabr
4-tur: 4–6 noyabr
5-tur: 25–27 noyabr
6-tur: 10–11 dekabr (Sharq),
23–24 dekabr (G‘arb)
Barcha uchrashuvlar OFK musobaqalari taqvimiga muvofiq o‘tkaziladi va uchrashuvlar jadvali (jumladan, o‘yinlar tartibi va boshlanish vaqtlari) qur’a tashlashdan so‘ng OFK tomonidan, OFK Musobaqalar qo‘mitasi tomonidan belgilangan qoidalar asosida tasdiqlanadi.
G‘arb mintaqasidagi 16 ta ishtirokchi klub "Kuch darajasi va savatlarga taqsimlash tamoyili" asosida to‘rt (4) ta savatchaga ajratiladi.
Birinchi savatcha:
"Al-Nassr" (Saudiya Arabistoni)
"Al-Wasl" (BAA)
"Al-Ahli" (Qatar)
"Al-Duhail" (Qatar) – "Sepahon" (Eron) mag‘lubi (bu juftlik g‘olibi OChL Elitga yo‘l oladi)
Ikkinchi savatcha:
"Istiqlol" (Eron)
"Andijon" (O‘zbekiston)
"Al-Zavra" (Iroq)
"Al-Hussayn" (Iordaniya)
Uchinchi savatcha:
"Al-Muharraq" (Bahrayn)
"Mohun Bagan" (Hindiston)
"Istiqlol" (Tojikiston)
"Arkadag" (Turkmaniston)
To‘rtinchi savatcha:
"Al-Vihdat" (Iordaniya)
"Al-Khaldiya" (Bahrayn)
"Goa" (Hindiston) – "Al-Siib" (Ummon) g‘olibi
"Regar TadAZ" (Tojikiston) – "Ahal" (Turkmaniston) g‘olibi
Ko‘rinib turibdiki, "Andijon" jamoasi "Istiqlol" (Eron), "Al-Hussayn" (Iordaniya) va "Al-Zavra" (Iroq) bilan bir guruhdan joy olmaydi. 1-, 3- va 4-savatchadan bittadan jamoa "Andijon"ga raqib bo‘ladi.