Rossiyalik UFC jangchisi Movsar Yevloyev tashkilotdan 7 ta g‘alabali seriyaga ega va hali mag‘lubiyatga uchramagan britaniyalik Farid Basharatning ketkazilishiga munosabat bildirdi.
«UFC’da hali muddatidan oldin g‘alaba qozonmaganman, ammo hamon tashkilotdaman va chempionlik jangi uchun kurashyapman. Bu esa faqat muddatidan oldingi g‘alabalar emas, yaxshi jang ko‘rsatish ham muhimligini anglatadi.
Finishlar bo‘lmasa ham, yaxshi va tomoshabop jang o‘tkazish, kurashning go‘zalligini namoyish etish mumkin. MMA muxlislarining hammasi qon va aqlbovar qilmas holatlarni kutmaydi.
Bu sportni tushunadigan muxlislar ham ko‘p. Balki ular tufayli hali ham UFC’daman», — deya Yevloyevning so‘zlarini keltiradi MMA Fighting.
Ma’lumot o‘rnida, Yevloyev Aleksandr Volkanovski bilan 24 oktabr kuni Abu-Dabida UFC 333 turnirida chempionlik kamari uchun jang qiladi.