Live
1
O'zbek

YEChL. Haftaning eng yaxshi futbolchisi bo'lishga da'vogarlar e'lon qilindi

Futbol
19 sentabr, 01:12
G'olib UEFA rasmiy saytida muxlislar ovozi orqali aniqlanadi.
YEChL. Haftaning eng yaxshi futbolchisi bo'lishga da'vogarlar e'lon qilindi
Foto: Getty Images

UEFA rasmiy sayti Yevropa Chempionlar Ligasi 1-tur o‘yinlaridan so‘ng haftaning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga da'vogarlar ro‘yxatini taqdim etdi.

Nomzodlar ichida «Nyukasl»ga qarshi o‘yinda (2:1) dubl muallifi bo‘lgan «Barselona» vingeri Markus Reshford, «Borussiya Dortmund» bilan bahsda (4:4) 1 gol va 1 assist amalga oshirgan «Yuventus» hujumchisi Dushan Vlahovich, «Inter»ga «Ayaks» bilan uchrashuvda (2:0) o‘zining ikki goli evaziga g‘alaba keltirgan Markus Tyuram va «Qayrat» bilan bellashuvda (4:1) ikkita gol kiritgan «Sporting» qanot hujumchisi Fransishku Trinkau o‘rin oldi.

G‘olib UEFA rasmiy saytida muxlislar ovozi orqali aniqlanadi.

Natijalar juma kuni oqshomda ma'lum bo‘ladi.

Bugungi yangiliklar