Yevropa Chempionlar Ligasida umumiy bosqich dramatik yakunlandi.
So'nggi turda Lissabonda "Benfika"ga yutqazgan "Real" top-8dan tushib qoldi va o'tgan yilda bo'lgani kabi yana qo'shimcha pley-off bosqichida o'ynaydigan bo'ldi. Mourino jamoasi esa dramatik bellashuvda darvozabonning 90+8-daqiqadagi goli evaziga oxirgi yo'llanmani beradigan — 24-o'ringa ilinib oldi.
"Barselona", "Manchester Siti" va "Chelsi" so'nggi turdagi g'alaba hisobiga top-8ga kirib oldi va 1/8 finalga to'g'ridan to'g'ri yo'llanmani qo'lga kiritdi.
Yetakchi "Arsenal" bu bosqichda 100 foizlik ko'rsatkich qayd etdi. Turnirning amaldagi chempioni "PSJ" va amaldagi finalchi "Inter" xuddi Madrid klubi kabi 1/8 finalga o'tish bosqichida qatnashadi. A Seriya chempioni "Napoli" musobaqa bilan xayrlashdi.
YChL. 8-tur. 28 yanvar
Benfika — Real 4:2
Gollar: Shelgerup (36, 54), Pavlidis (45+5, penalti), Trubin (90+8) — Mbappe (30, 58).
Chetlatishlar: Asensio (90+2, Real), Rodrigo (90+7, Real).
Napoli — Chelsi 2:3
Gollar: Vergara (33), Hoylund (43) — Fernandes (19, penalti), Pedro (61, 82).
Arsenal — Qayrat 3:2
Gollar: Gokeresh (3), Haverts (15), Martinelli (36) — Jorjino (7, penalti), Rikardinio (90+3).
Manchester Siti — Galatasaroy 2:0
Gollar: Holand (11), Sherki (29).
PSJ — Nyukasl 1:1
Gollar: Vitinya (8) — Uillok (45+2).
Foydalanilmagan penalti: Dembele (4).
Barselona — Kopenhagen 4:1
Gollar: Levandovski (48), Yamal (60), Rafinya (69), Reshford (85) — Dadason (3).
Liverpul — Qorabog' 6:0
Gollar: Mak Allister (15, 61), Virtz (21), Saloh (50), Ekitike (57), Kieza (90).
Borussiya D — Inter 0:2
Gollar: Dimarko (81), Diuf (90+4).
PSV — Bavariya 1:2
Gollar: Saybari (78) — Musiala (58), Keyn (84).
Chetlatish: Mauro (90+4, PSV).
Pafos — Slaviya 4:1
Gollar: Dragomir (17), Bruno (53), Anderson (84, 87) — Chalupak (44).
Ayaks — Olimpiakos 1:2
Gollar: Dolberg (69, penalti) — Martinsh (52), Hezze (79).
Atletik — Sporting 2:3
Gollar: Sanset (3), Guruseta (28) — Diomande (12), Trinka (62), Alisson (90+4).
Atletiko — Budyo-Glimt 1:2
Gollar: Serlot (15) — Sovold (35), Hoeg (59).
Monako — Yuventus 0:0
Ayntraxt — Tottenhem 0:2
Gollar: Kolo-Muani (47), Solanke (77).
Bryugge — Marsel 3:0
Gollar: Diakhon (4), Verman (11), Stankovich (79).
Bayer — Vilyarreal 3:0
Gollar: Tillman (12, 35), Grimaldo (57).
Yunion Sent-Jillua — Atalanta 1:0
Gol: Halayli (70).
