Superog'ir vaznda sobiq mutlaq jahon chempioni Aleksandr Usik hozirgi davrning eng kuchli uch nafar bokschisini ma'lum qildi.
«Hozirgi pound-for-pound reytingidagi eng yaxshi uchlik? Terens Krouford, Kanelo va Shakur Stivenson. Menga Shakurning uslubi yoqadi, lekin uning yanada ko'proq zarba berishini, faolroq bo'lishini istardim. Har bir kombinatsiyadan keyin yana bir kombinatsiya uyushtirishi kerak. Ammo u ajoyib bokschi», — dedi Usik.
Eslatib o'tamiz, iyun oyi oxirida ukrainalik charmqo'lqop ustasi barcha chempionlik kamarlari bo'shatishga qaror qilganini e'lon qilgan edi.