Bugun
13
O'zbek

Umar Nurmagomedov: «Maxachev Qur'onni xatosiz o'qishni o'rgandi. Bu har qanday kamardan qimmatli»

MMA
3 avgust, 07:36
UFC chempioni Qur'onni yod olishni ham boshladi.
Umar Nurmagomedov: «Maxachev Qur'onni xatosiz o'qishni o'rgandi. Bu har qanday kamardan qimmatli»
Foto: The Fight Fanatic

UFC jangchisi Umar Nurmagomedov Islom Maxachevning Qur'onni endi xatosiz qiroat qila olishini ma'lum qildi.

«Ikki vazn toifasida chempion. Ammo bu kamarlardan ham ulug'roq bir yutuq bor. Islom Qur'onni xatosiz o'qishni o'rgandi. Endi esa uni yod olishni boshladi. Bu har qanday chempionlik kamari, mashina yoki saroydan ham qimmatliroq», — deb yozdi Umar ijtimoiy tarmoqlarda.

Maxachev navbatdagi jangini 16-avgust kuni UFC 330 turnirida Ien Gerriga qarshi o'tkazadi. Bu jangda Islom uchun yarim o'rta vazn toifasidagi chempionlik kamarini birinchi marta himoya qiladi.

Bugungi yangiliklar