Bugun
30
O'zbek

Umar Eshmurodov: «Biz vazifani bajarib bo'ldik va endi keyingi yil uchun jamoani shakllantirib olishimiz kerak»

Futbol
30 avgust, 16:56
O'zbekiston milliy jamoasi futbolchisi O'mon bilan o'yindan keyin fikr bildirdi.
Umar Eshmurodov: «Biz vazifani bajarib bo'ldik va endi keyingi yil uchun jamoani shakllantirib olishimiz kerak»
photo: tribuna.uz

O'zbekiston - O'mon 2:1 o'yinidan keyin Umar Eshmurodov fikr bildirdi.

«Ushbu musobaqadagi asosiy maqsadimiz yangi jamoani shakllantirib olish va iloji boricha yoshartirib olish. Shuning uchun ham hozirgi o'xshamasdan qolgan natijalarga e'tibor berish kerak emas. Bu tayyorgarlik turniri hisoblanadi.

Turnirda finalgacha borishga harakat qilamiz. Mag'lubiyatdan fojea yasash kerak emas. Biz vazifani bajarib bo'ldik va endi keyingi yil uchun jamoani shakllantirib olishimiz kerak.

Birinchi bo'limda biroz ishtiyoq yetishmadi. Lekin ikkinchi bo'lima futbolchilar harakat qilishdi. Jismoniy holatimiz ham juda zo'r darajada emasligini his qilib turibman»,-dedi Eshmurodov.

Bugungi yangiliklar