Turkiya Superligasi 31-turining markaziy o‘yinida «Galatasaroy» klubi azaliy raqibi «Fenerbahche»ga qarshi maydonga tushdi.
Bellashuv 3:0 hisobida mezbonlarning g‘alabasi bilan yakuniga yetdi. Gollar Osimhen, Yilmaz va Torreyra hisobiga yozildi. O‘yinda mehmonlar posboni Ederson 62-daqiqada maydondan chetlatildi.
Shu tariqa, «Galatasaroy» ochkolari sonini 74 taga yetkazib, chempionlik sari yana bir qadam tashladi. «Fenerbahche» esa 67 ochko bilan 2-pog‘onada.
Turkiya Superligasi. 31-tur
Galatasaroy – Fenerbahche 3:0
Gollar: Osimhen 40, Yilmaz 67 penalti, Torreyra 83
Galatasaroy – Chakir, Sallai (Singo, 85), Sanches, Bardakchi, Yakobs, Torreyra, Lemina (Ikardi, 82), Sane, Okgun (Lang, 68), Yilmaz (Gundog'on, 82), Osimhen.
Fenerbahche – Ederson, Semedu (Muldur, 85), Shkrinyar, Ostervold, Braun, Kante, Genduzi, Nene (Musaba, 71), Taliska, Oqturkug'li (Yuksek, 66), Sherif.
Chetlatish: Ederson 62.