UFC jangchisi Arman Tsarukyan sentyabr oyida chempionlik kamari uchun jang qilishini ma'lum qildi.
“Mening navbatdagi jangim chempionlik kamari uchun bo'ladi. Katta ehtimol bilan u sentyabr oyida Los-Anjelesda o'tadi.
Shu bilan birga, men Oq uyda o'tadigan Iliya Topuriya va Jastin Geyji o'rtasidagi jang uchun zaxira jangchi sifatida ham ro'yxatdaman”, — dedi Tsarukyan.
Tsarukyanning UFC’dagi so'nggi janggi noyabr oyida bo'lib o'tgandi. U Den Hukerni sabmishen usulida mag'lub etgan.
Avvalroq Tsarukyan Topuriya – Geyji jangida zaxira varianti bo'lmasligi haqida gapirib o'tgandi.