Live
1
O'zbek

Topuriya: "Maxachevga qarshi jangda g'alaba qozonishimga 100 foiz ishonaman"

MMA
16 iyul, 05:15
Iliya ehtimoliy jangda Islomni mag'lub etishiga ishonishini aytdi.
Topuriya: "Maxachevga qarshi jangda g'alaba qozonishimga 100 foiz ishonaman"
Foto: Getty Images

UFC sobiq chempioni Iliya Topuriya yarim oʻrta vazn toifasi chempionlik kamari uchun boʻladigan ehtimoliy jangda Islom Maxachеvni mag'lub etishiga ishonishini aytdi.

«Men Maxachev bilan uchinchi chempionlik kamari uchun jang qilgan boʻlardim. Agar Islom yarim oʻrta vaznda chempion boʻlsa va UFC menga qo'ngʻiroq qilsa, bu imkoniyatdan albatta foydalanaman. Agar bunday boʻlmasa, oʻz vazn toifamda qolaman.

G'alaba qozonishimga 100 foiz ishonaman. Men bolaligimdan kurash bilan shug'ullanganman, gilam ustida katta bo'lganman.

Menda oktagonga chiqib, Maxachevni parterga o'tkazish, uni nazorat qilish, keyin esa o'rnimdan turib, tik holatda jang qilish boʻyicha hech qanday muammo yo'q.

Men uni qanday mag'lub etishni bilaman, miyamda aniq strategiya bor. Uning deyarli barcha janglarini tomosha qilganman, kuchsiz tomonlarini yaxshi bilaman.

Balki u meni avvalgi raqiblari bilan adashtirayotgandir, ammo men Den Xuker ham, boshqa yigitlar ham emasman», — dedi Topuriya.

Avvalroq Iliya Geyjiga qarshi jang yakuniga yetgach oktagondan tibbiy aravachada olib ketilgani ma'lum qilingan.

Bugungi yangiliklar