Live
10
O'zbek

Tojiyev — Superligada oktabr oyining eng yaxshi murabbiyi

Futbol
15 noyabr, 02:35
Uning jamoasi o'tgan oy 4 o'yinda 4 g'alabaga erishdi.
Tojiyev — Superligada oktabr oyining eng yaxshi murabbiyi
Foto: FC Pakhtakor

Superligada oktabr oyining eng yaxshi murabbiyi aniqlandi.

O'zPFL xabariga ko'ra, «Paxtakor» bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiyev ushbu nominatsiyada g'olib bo'ldi. 42 yoshli mutaxassis boshchiligida «sherlar» o'tgan oy Superliga doirasida 4 o'yinda 4 g'alabaga erishgandi. To'plar farqi 9:0ni tashkil etgan.

Ma'lumot uchun, «Paxtakor» ayni paytda 56 ochko bilan Superliga turnir jadvalida 3-o'rinni band etgan. Avvalroq Berdiev Superligada sentyabr oyining eng yaxshi murabbiyi deb topilgandi.

Tojiyev — Superligada oktabr oyining eng yaxshi murabbiyi
Foto: O'zPFL
Bugungi yangiliklar