Superligada sentabr oyining eng yaxshi murabbiyi aniqlandi.
O'zPFL xabariga ko'ra, «Nasaf» bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev g'olib bo'ldi. 54 yoshli mutaxassis ushbu mavsum ikkinchi bor, umumiy hisobda esa 16-marta oy murabbiyi bo'ldi.
Qayd etilishicha, Berdiev bu borada o'zining rekordini yangilashda davom etmoqda.
O'tgan oyda «ajdarlar» Superliga doirasida 3 o'yinda 3 g'alabaga erishgandi. To'plar farqi 8:1ni tashkil etgan.
Ma'lumot uchun, «Nasaf» Superliga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
