Live
2
O'zbek

Tojikiston MJ Ummondan ustun kelib, Tailand Qirol kubogida finalga chiqdi

Futbol
14 noyabr, 11:36
    4
Angelovski boshqaruvidagi tojikistonliklar turnir finalida 17-noyabr kuni mezbonlarga qarshi bahs olib boradi.
Tojikiston MJ Ummondan ustun kelib, Tailand Qirol kubogida finalga chiqdi
Фото: Тожикистон ФФ

Tailandda 52-xalqaro «King's Cup 2026» turnirining yarimfinal uchrashuvlari o'tkazildi. Tojikiston milliy jamoasi Ummon bilan bellashib, minimal hisobda g'alaba qozondi. Uchrashuvdagi yagona golni 60-daqiqada Sheriddin Boboyev urdi.

Endilikda Igor Angelovski boshqaruvidagi tojikistonliklar turnir finalida 17-noyabr kuni mezbonlarga qarshi bahs olib boradi. Tailand yarimfinalda Bruney darvozasiga javobsiz 6 ta gol urdi. Uchinchi o'rin uchun bahsda esa Ummon va Bruney o'zaro o'ynaydi.

Qirol kubogi-2026
Ummon — Tojikiston 0:1
Gol: Boboyev 60.
Tojikiston — Oleg Baklov, Zoir Jo'raboyev, Tabrez Islomov, Alijon Karomatullozoda, Vahdat Xanonov, Amirbek Jo'raboyev, Parviz Umarboyev, Nozim Bobojonov, Ehsoni Panjshanbe, Shervoni Mabatshoyev, Sheriddin Boboyev.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Tojikiston Tojikiston
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

4 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar