"Monako" prezidenti Dmitriy Rybolovlev Adi Hyutterni jamoa bosh murabbiyi sifatida ko'rishni xohlamayapti. Bu haqda Foot Mercato xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, avstriyalik mutaxassis o'rniga asosiy nomzod sifatida Edin Terzich varianti ko'rib chiqilgan. Biroq 42 yoshli germaniyalik murabbiy klub taklifini rad etgan.
Shuningdek, "Monako" rahbariyati o'tgan bahorda "Yuventus"ni tark etganidan so'ng hozircha klubsiz qolgan Tiago Mottaning vakillari bilan ham muzokaralar olib bormoqda.
Ma'lumot o'rnida, "Monako" 7 turdan so'ng Fransiya chempionati turnir jadvalida 15 ochko bilan 5-o'rinni egallab turibdi.