Yozgi transferlar oynasi davomida «Atletiko Madrid» xujumchisi Aleksandr Syorlotning xizmatlariga «Fenerbahche», «An Nasr», «Manchester Yunayted» kabi jamoalar qiziqish bildirdi.
Novergiyalik 29 yoshli futbolchi Madrid klubida qolishi haqida fikr bildirdi.
«Menga bir nechta klublar qiziqish bildirdi, lekin har doim fikrim aniq bo'lgan, ya'ni faoliyatimni «Atletiko»da davom ettirish. Mish-mishlar meni juda ham hayratlantiradi. Bundan xursand emasman. Futbolchi sifatida bu kabi gap-so'zlar bilan yashashga majbursan. Yozilayotgan xabarlar haqiqatga yaqin emas», — dedi Syorlot.