Bugun
80
O'zbek

Sergey Lushan: «Ochig‘ini aytsam, asablarim chidamayapti»

Eksklyuziv
5 sentabr, 15:22
«Mash’al» bosh murabbiyi «So‘g‘diyona»ga qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
Sergey Lushan: «Ochig‘ini aytsam, asablarim chidamayapti»
Фото: Машъал ПФК

Chempionatda yaqqol autsayder bo‘lib kelayotgan «Mash’al» navbatdagi turda Zominda «So‘g‘diyona»ga 5:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. O‘yindan keyin muborakliklar ustozi Sergey Lushan matbuot anjumanida qatnashdi.

— Sergey Ivanovich , bugungi o‘yindan keyin nima deysiz? Uchrashuv qanday o‘tdi, fikrlaringiz qanday?

— Sharmandagarchilik. Boshqa fikr bo‘lishi mumkin emas. Nega? O‘sha matbuot anjumanida qaror qabul qilingan edi. Men o‘sha paytda aytib o‘tgandim: yosh futbolchilar o‘ynaydi, ya’ni, bizda bor bo‘lgan «dubl»dan — U-19 jamoasidan futbolchilarni asosiy tarkibga jalb qilamiz, deb.

Juda tajribali futbolchilarimizga yana bir imkoniyat berishni so‘rashdi. Men esa o‘z pozisiyamni tushuntirishga harakat qildim. Lekin qaror shunday bo‘ldiki, bugun shu tarkib bilan o‘ynash kerak edi. Bugun yana bir bor «Mash’al»dagi muammoni ko‘rdik — futbolchilarning pro liga darajasiga mos kelmasligi. Bo‘ldi, tamom.

Hozirgina tushunib yetdim: bir yil ichida to‘rtinchi murabbiy bo‘libman. Endi, balki, sakkizinchi yoki oltinchi murabbiy ham bo‘lar... Lekin gap shundaki, yaxshi insonlar, yaxshi yigitlar, ammo bu hali professional futbolchi degani emas. Jamoa bilan daraja o‘rtasida to‘liq nomuvofiqlik bor.

- Yigitlar o‘ynashyapti. O‘yinning yakuniy qismida gollar va qaror qabul qilish masalasi. Ha, vaziyatlar bo‘ldi, lekin ulardan foydalanish...

- Mayli, gol urishdagi muammolarni qo‘ya turaylik. Bizda himoyada katta muammolar bor. Oldinda nima bo‘lishi meni umuman tashvishlantirmaydi. Biz istalgan jamoaga qarshi... Istalgan jamoaga qarshi biz doimo gol uramiz. Ammo beshtadan gol o‘tkazib yuborayotganimiz... Bu o‘zimizga o‘zimiz qiyinchilik tug‘diryapmiz. Bunga chidash juda qiyin.

Mayli, ochig‘ini aytsam, asablarim chidamayapti. Shuning uchun keyingi o‘yin tarkib jihatidan, ehtimol, mutlaqo boshqacha bo‘ladi. Chunki hozirgina gaplashdik, yigitlardan ham, rahbariyatdan ham so‘radik: kim o‘ynashni xohlamasa — marhamat, aytsin. Uyda qolsin. Chunki odamlar, futbol ustidan shu tarzda masxara qilish, menimcha, noto‘g‘ri», - deya Lushanning so‘zlarini keltiradi Tribuna.uz muxbiri.

Bugungi yangiliklar