Bugun
3
O'zbek

Saudiya Proligasi. "Al Hilol" mehmonoda "Al Halej"ni mag'lub etdi

Futbol
5 may, 16:00
Riyod klubi peshqadamga yaqinlashdi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Saudiya Proligasi. "Al Hilol" mehmonoda "Al Halej"ni mag'lub etdi
Фото: Getty Images
05.05.2026 FT Saudiya Arabistoni Pro-ligasi Al-Khalij Al-Khalij 1 : 2 Al-Hilal Al-Hilal

Saudiya Proligasi 28-turining qoldirilgan bellashuvida "Al Hilol" klubi safarda "Al Halej"ga qarshi o'ynadi. Bellashuv 2:1 hisobida mehmonlarning g'alabasi bilan yakuniga yetdi.

Dastlab mezbonlar safida King hisobni ochdi. 34-daqiqada Sergey Milinkovich-Savich muvozanatni tikladi. 79-daqiqada Mandash g'alaba goliga mualliflik qildi.

Bu natijadan so'ng "Al Hilol" ochkolari sonini 77 taga yetkazib, peshqadam "An Nasr"ga yaqinlashib oldi. "Al Halej" esa 37 ochko bilan 11-pog'onada.

Saudiya Proligasi. 28-tur
Al Halej – Al Hilol 1:2
Gollar: King 11 – Milinkovich-Savich 34, Mandash 79.
Al Hilol – Bunu, Lajami, Nevesh, Akchichek, Al Dovsari, Mandash, Milinkovich-Savich, Kanno, Ernandes, Malkom, Markos Leonardo (Benzema, 90+5).

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Al-Khalij Al-Khalij
  • Al-Hilal Al-Hilal
  • Saudiya Arabistoni Pro-ligasi Saudiya Arabistoni Pro-ligasi
Bugungi yangiliklar