Live
1
O'zbek

Saloh APL futbolchilari orasida YECHL rekordini o'rnatdi

Futbol
18 sentabr, 02:45
Misrlik futbolchi «Atletiko»ga qarshi ўyinning dastlabki 6 daqiqasi ichida golli uzatma berdi va gol urdi.
Saloh APL futbolchilari orasida YECHL rekordini o'rnatdi
Foto: Liverpool Echo

«Liverpul» ҳujumchisi Muhammad Saloh Chempionlar Ligasida «Atletiko»ga qarshi kechgan ўyinda ўzigа xos natija qayd etdi.

Uchrashuvning 4-daqiqasida misrlik futbolchi Endryu Robertsonga assistentlik qilgan bo'lsa, 6-daqiqada ўzi gol urdi. Optaning qayd etishicha, Saloh Chempionlar Ligasi o'yinining dastlabki 6 daqiqasida gol urgаn va golli uzatmani amalga oshirgan Premier-liga klublari tarixidagi ilk futbolchiga aylandi.

«Qizillar»ning 33 yoshli yulduzi hisobida turnirning 89 uchrashuvida jami 48 ta gol mavjud. Futbolchi 2017 yildan beri «Liverpul» sharafini himoya qilib kelmoqda.

Turnirning ikkinchi turida Angliya klubi «Galatasaroy» meҳmoni bo'ladi. Bellashuv 30 sentyabrga belgilangan.

Bugungi yangiliklar