U-23 Osiyo Kubogi guruh bosqichi doirasida O‘zbekiston yoshlar jamoasi Janubiy Koreyani mag‘lub etib, guruhni yetakchi sifatida yakunladi va pley-offga yo‘l oldi.
Uchrashuvdan so‘ng jamoa futbolchisi Saidumarxon Saidnurullayev O‘FA matbuot xizmatiga qisqa intervyu berdi.
«Barcha O‘zbekiston xalqini g‘alaba bilan tabriklayman. Bizni qo‘llab-quvvatlashda davom eting. Biz sizlarni hali xursand qilamiz. Olg‘a, O‘zbekiston», — dedi Saidnurullayev.