«PSJ» darvozaboni Matvey Safonov parijliklarning UYEFA Chempionlar Ligasi chorakfinalining javob uchrashuvida «Liverpul»ni 2:0 hisobida mag‘lub etganidan keyin o‘z jamoasining g‘alabali yurishi haqida fikr bildirdi.
«Menimcha, hammada shunday fikr bor va bu juda muhim, barcha har kuni yaxshiroq bo‘lishi kerak, va faqat shundagina biz nimadirga erishishimiz mumkin. Bu deyarli birinchi navbatda psixologik jihat va endi menimcha, jamoamdagi ko‘pchilik o‘yinchilar juda kuchli mentalitetga egaligini aytsak bo‘ladi. O‘tgan yili barcha chempion bo‘lish nima ekanligini tushundi, va hamma buni yana takrorlashni istaydi», — dedi Safonov beIN Sports efirida.
Ikki uchrashuv natijasiga ko‘ra PSJ ingliz klubini 4:0 hisobida mag‘lub etib, Chempionlar Ligasi yarimfinaliga chiqdi, u yerda «Real» Madrid — «Bavariya» jufti g‘olibi bilan uchrashadi.
Ma’lumot uchun, o‘tgan yili parijliklar turnirda g‘olib bo‘lgan edi.