Live
1
O'zbek

Rodrigo Mora — "Roma" futbolchisi (Romano)

Futbol
17 avgust, 22:55
Transfer narxi 25 million yevroni tashkil qiladi.
Rodrigo Mora — "Roma" futbolchisi (Romano)
Foto: Getty Images

"Roma" "Portu" futbolchisi Rodrigo Morani transfer qilish bo'yicha og'zaki kelishuvga erishdi. Bu haqda jurnalist Fabrizio Romano xabar berdi.

19 yoshli futbolchining transferi borasida portugaliyaliklar bilan kelishuvga erishildi. Transfer narxi 25 million yevroni tashkil qiladi.

Shuningdek, shartnomaga futbolchining keyingi savdosidan 50 foiz ulush va futbolchining qolgan 100 foiz huquqlarini sotib olish imkonini beruvchi maxsus band kiritilgan.

"Portu" prezidenti Andre Villash-Boash hujjatlarni imzoladi. Kelishuv rasmiy jarayonlarning so'nggi bosqichida ekani aytilmoqda.

Avvalroq "Roma" Pellegrini bilan shartnomani uzaytirgani ma'lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Roma Roma
Bugungi yangiliklar