Bugun
15
O'zbek

«Real»dagi DJ`lar kimlar? Mbappe 3 jamoadoshini aytdi

Futbol
7 sentabr, 16:25
Madridliklar hujumchisi kiyinish xonasida qo'shiq qo'yish va aytish bo'yicha faollar haqida gapirdi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
«Real»dagi DJ`lar kimlar? Mbappe 3 jamoadoshini aytdi
Foto: Getty Images

«Real» hujumchisi Kilian Mbappe kiyinish xonasida qo'shiq qo'yadigan — DJ jamoadoshlarini aytdi.

«Har xil. Odatda Eduardo Kamavinga, ammo so'nggi paytlarda Vini (Vinisius Junior) ko'proq qo'shiq qo'ymoqda. Ba'zida esa Aurelien Tchouameni.

Vini — yaxshi qo'shiqchi va menga uning kuylashi yoqadi», — deya fransiyalik futbolchining so'zlarini keltiradi Bild.

«Real» Ispaniya chempionatida dastlabki 3 ta turda 9 ochko to'plab, peshqadamlik qilmoqda. Madrid klubi keyingi turda 13 sentyabr kuni «Real Sosiedad» mehmoni bo'ladi.

Kilian avvalroq jamoasini YCHL favoriti deb aytgandi.

Bugungi yangiliklar