Live
1
O'zbek

"Real" sobiq futbolchisi: "Guler - jamoaning eng zaif nuqtasi"

Futbol
18 sentabr, 13:42
Ispaniyalik sobiq futbolchining fikricha Bellinghem asosiy tarkibda turkiyalik futbolchi o'rnini egallaydi.
"Real" sobiq futbolchisi: "Guler - jamoaning eng zaif nuqtasi"
Foto: The Sporting News

"Real" tarbiyalanuvchisi va 1994-2002 yillar davomida klub tizimida harakat qilgan ispan sobiq yarimhimoyachi Alvaro Benito jarohatidan tuzalish arafasida turgan Jud Bellingham asosiy tarkibda Arda Gulerning o'rnini egallashini taxmin qildi.

"Bellinghem safga qaytganidan keyin jamoa asosiy tarkibida Arda Gulerning o'rnini egallaydi. Bunga hech qanday shubha yo'q. Hozirda turkiyalik futbolchi jamoaning eng zaif nuqtasi bo'lib turibdi", - dedi 48 yoshli sobiq futbolchi.

20 yoshli Arda ushbu mavsumda "qirollik klubi"ning 5 ta o'yinida 2 ta gol urib, 1 ta golli uzatma amalga oshirdi.

22 yoshli Bellinghem yelkasini operatsiya qildirgani sababli hali rasmiy o'yinlarda maydonga tushmadi.

Bugungi yangiliklar