Bu haqda TEAMtalk nashri xabar berdi.
Fransiyalik yarimhimoyachi Oreliyen Chuameni Madridning «Real» klubini tark etmaydi.
Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, «Real»ning yangi bosh murabbiyi Joze Mourinio Chuameniga asosiy tarkib a’zosi bo‘lish uchun imkon berishga qaror qilgan. Shu sabab 26 yoshli xavbek «Manchester Yunayted» va «Liverpul» tomonidan bo‘layotgan qiziqishga qaramay, jamoada qoladi.
Ta’kidlanishicha, «qaymoqranglilar»ning bu qarori yozning ilk kunlaridan Chuamenini sinchkovlik bilan kuzatayotgan va transferga umid qilayotgan ingliz grandlari uchun kuchli zarba bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, 2025/26-yilgi mavsumda Chuameni barcha musobaqalarni inobatga olganda 49 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol urib, 2 ta golli uzatma yetkazib berdi.