Italiyaning "Milan" klubi "Vest Hem"dan Niklas Fullkrugni ijaraga olganini e'lon qildi. Ijara shartnomasi keyinchalik sotib olish imkonini ham o'z ichiga oladi.
Fullkrug 1993 yil 9 fevralda Germaniyaning Hannover shahrida tug'ilgan. U "Verder" yoshlar akademiyasida tarbiyalangan va Germaniyada "Greuther Furth", "Nurnberg" va "Hannover 96" jamoalarida to'p surgan. 2019 yilda yana "Verder"ga qaytgan va 2023 yilda Dortmundning "Borussiya" klubiga o'tgan. U shu mavsumda 42 ta o'yinda 15 ta gol urgan.
"Borussiya"dan so'ng Fullkrug Premer-ligaga o'tib, "West Ham" jamoasida to'p tepgan. 2022 yil noyabrda u Germaniya milliy jamoasiga ilk bor chaqiruv olgan va Qatardagi jahon chempionatida ishtirok etgan.
Klubning ma'lum qilishicha, Fullkrug "Milan"da 9-raqamli futbolkada o'ynaydi.