Islom Kenjaboyev "Qizilqum" futbolchisi sifatida tanishtirildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Mavsumning ikkinchi qismiga jiddiy tayyorgarlik ko'rayotgan jamoamiz, transfer oynasida ilk yurishini amalga oshirdi.
Navoiyliklarga begonamas, amaldagi O‘zbekiston chempioni, tajribali yarimhimoyachi Islom Kenjaboyev yana "oltin izlanuvchilar" safida harakat qiladi. Futbolchi va klub rahbariyati o'rtasida bir yarim yillik shartnoma imzolandi», — deyiladi xabarda.
Avvalroq "Neftchi" Osiyo chempioni bilan shartnoma imzolagani ma'lum qilingandi.