“Arsenal” “Valensiya” himoyachisi Kristian Mosquerani o‘z safiga qo‘shib oldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.
21 yoshli ispaniyalik himoyachi londonliklar bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. U yangi jamoasida 3-raqam ostida harakat qiladi.
Mazkur transfer “Arsenal” uchun 15 million yevroga tushdi. Shuningdek, angliyaliklar keyinchalik yana 5 million yevroni bonus sifatida “Valensiya”ga o‘tkazib beradi.
Mosquera o‘tgan mavsum La Ligada 37 o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ygan. Avvalroq “Arsenal” Singapurdagi o‘rtoqlik o‘yinida “Milan”ni mag‘lubiyatga uchratgani ma’lum qilingandi.