Live
21
O'zbek

«Qo'qon-1912» rahbari: «Manchester City» oilasi vakiliga aylanishimiz hali aniq emas»

Futbol
13 oktabr, 14:34
Klub rahbari bu kabi xabarlarga oydinlik kiritdi.
«Qo'qon-1912» rahbari: «Manchester City» oilasi vakiliga aylanishimiz hali aniq emas»
Фото: Қўқон-1912 ПФК

«Qo'qon-1912» jamoasi rahbari Akramjon Mamadaliev jurnalist Abdulhafiz Abdulaziz o'g'li bilan suhbatlashdi. Unda jamoaning «Manchester City» oilasi vakiliga aylanishi xususidagi savolga javob qaytardi.

«Manchester City»ning BAAlik xo'jayinlari o'zbek klublaridan birini sotib olishlari mumkinligi haqida sportimiz rahbarlari bilan uchrashishgan ta'kidlab o'tishgan.

Rahbarlar variant sifatida bir qator klublarni tavsiya etishgan va ular orasida bizning jamoa ham borligi quvonarlidir. Lekin bu ish qachon amalga oshadi, yakuniy tanlovlari qaysi klubga aloqador bo'ladi, hozircha bu haqida bilmayman. Klublarga tashrif buyurishib, to'liq vaziyatlarni o'rganishib, tahlil qilishib, keyin yakuniy qarorga kelishsa kerak. «Qo'qon-1912» City Group ixtiyoriga o'tadigan bo'lsa, Qo'qon futbolining ravnaq topishi uchun jiddiy qadamga aylanishi shubhasiz», — deydi Mamadaliev jurnalist bilan suhbatda.

Bugungi yangiliklar