Bugun
6
O'zbek

O‘zbekistonlik yarimhimoyachi Afg‘oniston klubi bilan shartnoma imzoladi

Futbol
16 iyul, 07:05
«Abu Muslim» kelasi oy xalqaro turnirda ishtirok etadi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
O‘zbekistonlik yarimhimoyachi Afg‘oniston klubi bilan shartnoma imzoladi
Фото: Getty Images

O‘zbekistonlik yarimhimoyachi Sardor Jahonov faoliyatini Afg‘oniston chempionatida davom ettiradi.

29 yoshli futbolchi «Abu Muslim» klubi bilan qisqa muddatli shartnoma imzoladi. Afg‘oniston chempioni avgust oyida OFK Challange kubogida ishtirok etadi.

Saralash bosqichida Butanning «Paro» klubi bilan to‘qnash keladi. «Abu Muslim» klubini ispaniyalik Fernando Varela boshqarmoqda.

Bu mutaxassis Jahonovni yaxshi bilgani sababli jamoaga taklif qilganini ta’kidladi.

Sardor Jahonov faoliyati davomida «Qizilqum», «Oq-tepa», «Xorazm», «Kaganat», «Rajasthan United», «Neroca», «Churchill», «Regar», «Trau» va «Faqirpul» jamoalarida o‘ynagan.

Bugungi yangiliklar