Oʻzbekiston milliy jamoasi Qirgʻiziston bilan hozirgacha 12 marta kuch sinashgan va oʻyinlarning barchasida «oq boʻrilar» gʻalaba qozongan. Toʻplar nisbati ham oʻzbekistonliklar foydasiga, 43-7.
Qoʻshnilar birinchi marta 1992 yili Markaziy Osiyo kubogi turnirida oʻzaro toʻqnash kelishgan. 23 avgust sanasida boʻlib oʻtgan oʻyinda Oʻzbekiston milliy jamoasi 3:0 hisobida gʻalaba qozongan. Shuxrat Maqsudov 59-daqiqada tarixiy gol muallifiga aylangan boʻlsa, jamoa sardori Azamat Abdurayimov qirgʻizlar posboni Aleksandr Agarin darvozasiga belgilangan penaltini aniq amalga oshirib, dublni oʻz hisobiga rasmiylashtirgan. Ushbu bellashuv «Paxtakor» stadionida boʻlib oʻtgan va 1300 muxlis uchrashuvni tomosha qilish uchun tashrif buyurgan. Bahsni Turkmanistonlik hakam Konstantin Parzalis boshqarib borgan.
Jamoalar oʻrtasidagi oxirgi oʻyin esa 2026 yilgi jahon chempionati saralash bahslarining 3-bosqich javob uchrashuvida boʻlib oʻtgan. 2025 yil 20 mart kuni «Bunyodkor» stadionida boʻlib oʻtgan bahs taqdirini Hojiakbar Alijonovning 40-daqiqadagi yagona goli hal qildi. Bellashuvda Eldor Shomurodov penaltidan foydalana olmagandi.
Oʻzbekiston 8ta bahsda yirik hisobda gʻalaba qozongan va ularining eng kattasi 2007 yili safarda qayd etilgan — 0:6.
Oʻzbekiston va Qirgʻiziston milliy jamoalarining oʻzaro oʻyinlar statistikasi quyidagicha koʻrinishga ega.
Oʻzbekiston 1:0 Qirgʻiziston (2025)
Qirgʻiziston 2:3 Oʻzbekiston (2024)
Oʻzbekiston 4:1 Qirgʻiziston (2023)
Oʻzbekiston 3:1 Qirgʻiziston (2022)
Oʻzbekiston 3:1 Qirgʻiziston (2019)
Oʻzbekiston 5:0 Qirgʻiziston (2017)
Oʻzbekiston 4:0 Qirgʻiziston (2011)
Qirgʻiziston 0:3 Oʻzbekiston (2011)
Qirgʻiziston 0:6 Oʻzbekiston (2007)
Oʻzbekiston 3:0 Qirgʻiziston (1994)
Qirgʻiziston 2:6 Oʻzbekiston (1992)
Oʻzbekiston 3:0 Qirgʻiziston (1992)
Qirgʻiziston milliy jamoasi darvozasiga gol urgan oʻzbekistonliklar roʻyxati:
Igor Sergeyev - 4 ta
Ulugʻbek Bаqoеv - 4 ta
Shuxrat Maqsudov - 3 ta
Azamat Abdurayimov - 3 ta
Rustam Abdullayev - 2 ta
Bahodir Nasimov - 2 ta
Aleksandr Geynrix - 2 ta
Jaloliddin Masharipov - 2 ta
Eldor Shomurodov - 2 ta
Ulugʻbek Ruzimov - 1 ta
Rustam Doʻrmonov - 1ta
Abduqahhor Maʼrufaliev - 1 ta
Anvar Soliev - 1 ta
Yannis Manzukas - 1 ta
Vladimir Shishelov - 1 ta
Viktor Karpenko - 1ta
Marat Bikmaev - 1 ta
Server Jeparov - 1ta
Sardor Rashidov - 1 ta
Sardor Mirzaev - 1 ta
Doston Hamdamov - 1 ta
Jamshid Iskanderov - 1 ta
Abbos Fayzullayev - 1 ta
Azizbek Amonov - 1ta
Gʻolib Gʻaybullayev - 1ta
Oston Oʻrunov - 1ta
Husniddin Aliqulov - 1ta
Hojiakbar Alijonov - 1 ta