Bugun
43
O'zbek

O‘zbek bokschilari Xitoyda 8 ta medalni qo‘lga kiritishdi

Boshqa sportlar
17 iyul, 14:43
Bir necha kun davom etgan xalqaro turnir yakunlandi.
O‘zbek bokschilari Xitoyda 8 ta medalni qo‘lga kiritishdi
photo: boxing Uzbekistan

Xitoyning Szuni shahrida kattalar o‘rtasida xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi. Ushbu musobaqada O‘zbekiston jamoasi a’zolari ham ishtirok etishdi. Final bellashuvlaridan so‘ng o‘zbek bokschilari musobaqani 3 ta oltin, 1 ta kumush va 4 ta bronza medali bilan yakunlashdi.

G‘olib va sovrindorlarimiz bilan tanishing:

Oltin medal:
-63,5 kg: Abdulloh Ma’daminov
+92 kg: Arman Maxanov
-66 kg: Dilfuza Bekova

Kumush medal:
-57 kg: Nigina O‘ktamova

Bronza medal:
-71 kg: Samandar Habibullayev
-50 kg: Zilolaxon Yusufova
-54 kg: Muxlisa Xushvaqtova
-60 kg: Rashida Tagirova

Murabbiylar: Nursulton Bo‘rixonov, Ramzjon Ahmedov, Farrux Jo‘rayev, Lazizjon Sharifjonov.

Bugungi yangiliklar