Live
1
O'zbek

Osiyo o‘yinlari. O‘zbekistonlik sablyachilar bronza medalini qo‘lga kiritdi

Boshqalar
27 sentabr, 06:09
Ayollar milliy jamoasi yarimfinalda Yaponiyaga imkoniyatni boy berib, musobaqani uchinchi o‘rinda yakunladi.
Osiyo o‘yinlari. O‘zbekistonlik sablyachilar bronza medalini qo‘lga kiritdi
Foto: OlympicUz

Sablya bo‘yicha O‘zbekiston ayollar milliy jamoasi Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarida bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Zaynab Dayibekova, Fernanda Errera, Gulistan Perdebayeva hamda Samira Shokirovadan iborat jamoa yarimfinal bosqichida Yaponiya vakillariga qarshi bahslashdi.

Qizg‘in kechgan bahsda O‘zbekiston jamoasi 33:45 hisobida imkoniyatni boy berdi. Shu tariqa hamyurtlarimiz bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Yangi muhokama

Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring

Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar