Osiyo kubogi U-20 saralash bosqichida soʻnggi tur bahslari boʻlib oʻtdi.
B guruhi mezboni Oʻzbekiston (9) uchinchi turda Suriyani (3) yirik hisobda magʻlubiyatga uchratib, 100 foizlik natija bilan final bosqichiga yoʻl oldi.
Hindiston (6) esa Bangladeshga (0) javobsiz 3 ta gol urib, 2-oʻrinni egalladi.
Osiyo kubogi U-20 saralashi
B guruhi. 3-tur
Toshkent. 6 sentyabr
Suriya — Oʻzbekiston 0:3
Gollar: Diyor Ermanov (10), Quvonch Abrayev (81), Davron Toʻlaganov (90+4, penalti).
Oʻzbekiston U-20 — Nematulloh Rustamjonov, Shorahim Shorahmedov (Asilbek Abdurasulov, 46), Azizbek Toʻlqinbekov (C), Diyor Ermanov, Quvonch Abrayev (Asilbek Aliyev, 82), Abdulfayz Bobomurodov (Azizbek Erimbetov, 59), Ulugʻbek Maratov (Tohir Ashurboyev, 46), Ozodbek Najmiddinov, Quvonishbek Saydaliyev (Husan Koʻpaysinov, 70), Muhammadali Dilshodbekov, Davron Toʻlaganov.
Hindiston — Bangladesh 3:0
Gollar: Meitei (25), Yadav (60), Arbash (79).
Osiyo kubogi U-20 saralashi. Oʻzbekiston 3-turda ham gʻalaba qozonib, final bosqichiga yoʻl oldi
Futbol
6 sentabr, 12:09
10+
Jamoliddin Rahmatullayev jamoasi oxirgi bahsda Suriyani yirik hisobda yengdi.
Foto: UFA
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi