Osiyo futbol konfederatsiyasi (AFC) Abu-Dabi, Dubay va Doʻha shaharlarida oʻtkazilishi rejalashtirilgan mintaqaviy Chempionlar Ligasi bellashuvlari koʻchirilganini e'lon qildi.
Bunga Eron, AQSH va Isroil o'rtasidagi harbiy mojaro sabab bo'lgan. Eron tomonidan uchirilgan snaryadlar qoʻshni davlatlarga ham tushmoqda, u yerda AQSH harbiy bazalari joylashgan.
«AFC tez sur'atlarda rivojlanayotgan ushbu vaziyatni diqqat bilan kuzatishda davom etadi va barcha futbolchilar, jamoalar, rasmiylar hamda muxlislar xavfsizligini ta'minlash borasida qat'iy pozitsiyada qoladi», — deyiladi AFC bayonotida.
Oʻyinlar 2 va 3 mart kunlari oʻtkazilishi kerak edi. Yangi sanalar yoki oʻyinlar oʻtkaziladigan joy hozircha ma'lum emas.
Avvalroq Eron milliy jamoasi jahon chempionatida ishtirok etishdan voz kechishi mumkinligi ma'lum qilingandi.