2026 yildagi Jahon chempionati ishtirokchilari FIFA kunlarida o'rtoqlik bahslarini o'tkazishmoqda.
O'zbekiston milliy jamoasining mundialdagi birinchi raqibi Kolumbiya AQShda o'tkazilgan bellashuvda Xorvatiyaga imkoniyatni boy berdi.
Lotin Amerikasi vakillari tezkor gol urishdi, ammo yevropaliklar birinchi bo'limning o'zida kambek amalga oshirishdi.
O'rtoqlik o'yini
Kolumbiya — Xorvatiya 1:2
26 mart. Orlando. «Orlando Citrus Bowl»
Gollar: Arias (2) — Vuskovich (6), Matanovich (42).
Kolumbiya — Vargas, Munios (S.Arias, 71), Sanches, Lukumi, Moxika (Mashadu, 63), Rios (Puerta, 71), Lerma (Kastano, 71), J.Arias (Kintero, 71), Rodrigez (Karraskal, 63), Dias (Gomes, 71), Suares (Kordoba, 71).
Xorvatiya — Livakovich, Marko Pashalich (Modrich, 79), Erlich (Yakich, 79), Vuskovich, Pongrachich, Perishich (Stanishich, 46), Mario Pashalich (Kramarich, 79), Moro (Fruk, 83), Petar Suchich (Baturina, 61), Vlashich (Luka Suchich, 61), Matanovich (Musa, 46).