Bugun
14
O'zbek

«Olimpiakos» Nair Tiknizyan transferini e’lon qildi

Futbol
18 avgust, 05:29
Gretsiya klubi «Srvena Zvezda» himoyachisini o‘z safiga qo‘shib oldi.
«Olimpiakos» Nair Tiknizyan transferini e’lon qildi
Foto: Getty Images

«Olimpiakos» rasmiy saytida «Srvena Zvezda» himoyachisi Nair Tiknizyan transfer qilinganini e’lon qildi.

Tiknizyan 2025 yil yozida «Lokomotiv»dan Serbiya klubiga o‘tgandi. Shu vaqt davomida u barcha turnirlarda 54 ta bahsda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ma’lumot uchun, Transfermarkt Tiknizyanning bozor qiymatini 7 million yevroga baholamoqda. Himoyachi faoliyati davomida Moskvaning SSKA klubida ham to‘p tepgan.

Eslatib o‘tamiz, «Olimpiakos» o‘tgan mavsum Gretsiya chempionatida ikkinchi o‘rinni egallagan. Yangi mavsumning 1-turida jamoa 22 avgust kuni «Atromitos»ni qabul qiladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Olympiacos Olympiacos
  • FK Crvena Zvezda FK Crvena Zvezda
Bugungi yangiliklar