Osiyo Chempionlar Ligasi-2 turnirida 1/8 finalning javob bahslari o'tkazilmoqda.
Toshkent vaqti bilan soat 23:15da "An Nasr" o'z maydonida Turkmaniston chempioni "Arkadag'"ni qabul qiladi. Riyodliklar yetakchisi Krishtianu Ronaldu bu safar ham o'ynamaydigan bo'ldi. U saudiyaliklarning minimal hisobdagi (1:0) g'alabasi bilan yakunlangan birinchi o'yinni ham o'tkazib yuborgan.
"An Nasr" safida legionerlardan faqat Martines va Angelo asosiy tarkibda. Mane, Feliks, Koman, Simakan va Bento zaxirada qoldirilgan.
OChL-2. 1/8 final
Javob bahsi
An Nasr — Arkadag'
18 fevral, "King Saud University Stadium"
An Nasr — Al Aqidi, An Naji, Ash Sharari, Angelo, Bushal, Maran, Al Hamdan, Al Hasan, G'arib, Martines, Ayman.
Arkadag' — Choriyev, Annaguliyev, Ballakov, Beknazarov, Bashimov, Gurbanov, Xidirov, Mamedov, Meredov, Saparguliyev, Saparov.
Birinchi o'yin — 1:0.