Osiyo Chempionlar Ligasi-2 turnirida 1/8 finalning javob bahslari o'tkazildi.
"An Nasr" Turkmaniston chempioni "Arkadag'"ni o'z uyida ham minimal hisobda mag'lubiyatga uchratib, chorakfinalga yo'llanma oldi. Riyodliklar yetakchisi Krishtianu Ronaldu qaydnomaga kiritilmadi.
Qatarning "Al Ahli"si esa "Sipohon"ga qo'shib berilgan bo'limlarning ilk daqiqasida gol urdi va g'alabani saqlab qoldi.
OChL-2. 1/8 final. 18 fevral
Javob bahslari
An Nasr — Arkadag' 1:0
Gol: G'arib (2).
An Nasr — Al Aqidi, An Naji (Al G'annam, 77), Ash Sharari, Angelo (Brozovich, 68), Bushal, Maran (Feliks, 68), Al Hamdan, Al Hasan (Abdulkarim, 68), G'arib, Martines, Ayman (Koman, 78).
Arkadag' — Choriyev, Annaguliyev, Ballakov (Ataev, 64), Beknazarov, Bashimov, Gurbanov (Muratberdiyev, 64), Khidirov (Atayev, 84), Mamedov, Meredov (Durdiyev, 46), Saparguliyev (Diniyev, 74), Saparov.
Chetlatish: Annaguliyev (90).
Birinchi o'yin — 1:0.
Al Ahli Doha — Sipohon 1:0
Gol: Yansane (91).
Birinchi o'yin — 2:2.