Live
1
O'zbek

Nurmagomedovning menejeri: «Usmon Topuriyani 4 raund ichida to'xtata oladi»

MMA
3 avgust, 12:20
Menejer Nurmagomedov va gruziyalik sportchi o'rtasidagi ehtimoliy jang yuzasidan prognozini aytdi.
Nurmagomedovning menejeri: «Usmon Topuriyani 4 raund ichida to'xtata oladi»
Foto: Getty Images

Habib Nurmagomedov jamoasining menejeri Ali Abdul Aziz Usmon Nurmagomedov Ilya Topuriyani mag'lub etishiga ishonishini bildirdi.

«Men avval ham Justin Gejji Ilya Topuriyani mag'lub etadi, degandim. Endi ham aytaman: Usmon Nurmagomedov Topuriyani to'rt raund ichida to'xtatadi. Ko'pchilik Usmonni faqat zarba beruvchi deb o'ylaydi, ammo uning kurash mahorati ham nihoyatda yuqori.

Uni deyarli hech kim parterga o'tkaza olmaydi. Agar jang kurashga aylansa, u istalgan raqibini taslim bo'lishga majbur qila oladi. U — aralash yakka kurashlar uchun yaratilgan haqiqiy jangchi»,
— deb yozdi Abdul Aziz.

1 avgust kuni Usmon Nurmagomedov Archi Kolganni nokautga uchratib, chempionlik kamari muvaffaqiyatli himoya qildi hamda PFL bilan tuzgan shartnomasini yakunladi.

Bugungi yangiliklar