Live
13
O'zbek

Nurmagomedov va Yadun o'rtasidagi jang sanasi e'lon qilindi

MMA
8 iyul, 14:00
To'qnashuv UFC Fight Night-286 turnirining asosiy jangi bo'ladi.
Nurmagomedov va Yadun o'rtasidagi jang sanasi e'lon qilindi
Foto: Getty Images

UFC rasmiy ravishda Umar Nurmagomedov hamda Sun Yadun o'rtasidagi jangni e'lon qildi.

To'qnashuv 29 avgust kuni Shanxay shahrida bo'lib o'tadi va UFC Fight Night 286 turnirining asosiy jangi bo'ladi.

Nurmagomedov UFC'ning yengil vazn toifasi reytingida 3-o'rinni egallab turibdi. Uning hisobida 20 ta g'alaba va 1 ta mag'lubiyat bor.

Sun Yadun esa reytingda 5-pog'onada bo'lib, faoliyati davomida 23 ta g'alaba, 9 ta mag'lubiyat va 1 ta durang qayd etgan.

Bugungi yangiliklar