"Everton" klubi "Arsenal" yarimhimoyachisi Kristian Nørgorning transferini e'lon qildi.
Daniyalik 32 yoshli havbek "irislar" bilan 2028 yilning yoziga qadar bitim imzoladi. Futbolchining transferi qariyb 8,2 million yevroni tashkil etgan.
Kristian "Arsenal" safida atigi bir mavsum harakat qildi. U o‘tgan yilning iyul oyida "Brentford"dan sotib olingandi.
Bu vaqt davomida "to‘pchilar" safida barcha turnirlar doirasida 20 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.