Bugun
7
O'zbek

"Neftchi"ning yillik abonementi va chiptalar narxi oldingidek bo'ladi

Futbol
1 mart, 02:30
Farg'ona viloyati hokimi tomonidan muxlislarning taklif va fikrlari o'rganib chiqildi.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
"Neftchi"ning yillik abonementi va chiptalar narxi oldingidek bo'ladi
Foto: FC Neftchi

"Neftchi"ning yillik abonementi va chiptalar narxi oldingidek bo'ladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

"Yangi mavsum arafasida "Neftchi" klubining "Istiqlol" stadionida o'tkaziladigan uy uchrashuvlari uchun mavsumiy abonementlar savdosi yo'lga qo'yilgandi. Belgilangan narxlar yuzasidan futbol muxlislari tomonidan ko'plab murojaatlar kelib tushdi, ijtimoiy tarmoqlarda turli fikr va mulohazalar bildirildi.

Farg'ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov muxlislar taklif va fikrlarini o'rganib chiqib, yillik abonement hamda chiptalar narxini o'tgan yilgi miqdorga qaytarish bo'yicha tegishli topshiriq berdi.

Mavsumiy abonement narxi — 1 050 000 so'm;
Bir martalik uchrashuvlar uchun chiptalar narxi — 30 000–50 000 so'm», — deyiladi xabarda. Avvalroq "Neftchi" yangi futbolchilarni tanishtiruv marosimini yangicha mazmunda tashkil etgani ma'lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Neftchi Fargona Neftchi Fargona
Bugungi yangiliklar