Live
2
O'zbek

«Neftchi» Vitaliy Levchenko bilan xayrlashdi

Futbol
1 dekabr, 08:04
Klub 2022–2025 yillar davomida uning boshqaruvidagi 106 ta rasmiy uchrashuv o'tkazdi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
«Neftchi» Vitaliy Levchenko bilan xayrlashdi
Фото: Нефтчи ПФК

«Neftchi» klubi bosh murabbiy Vitaliy Levchenko bilan xayrlashganini e'lon qildi.

Ukrainalik mutaxassis 2022 yildan beri farg'onaliklarni boshqarib kelayotgan edi. 2025 yilgi mavsumda jamoa bilan Superligada chempionlikni qo'lga kiritdi.

Ma'lumot uchun, 2022–2025 yillar davomida uning boshqaruvidagi jamoa 106 ta rasmiy uchrashuv o'tkazib, 52 ta g'alaba, 35 ta durang va 19 ta mag'lubiyatni qayd etdi.

30 noyabr kuni Vitaliy Levchenkoning «Neftchi» klubi bilan tuzgan shartnomasi nihoyasiga yetdi. Shu bilan birga, jamoaning murabbiylar shtabida Vitaliy Levchenko bilan birga faoliyat yuritgan Anvarjon Norqulov, Andrey Annenkov va Farrux Berdievlarning ham shartnoma muddati yakunlandi.

«Jamoa rahbariyati va klub a'zolari ularga o'tgan davr mobaynida uzoq kutilgan 24 yillik orzuni ro'yobga chiqarishdagi xizmatlari, «Neftchi» va Farg'ona futboli rivojiga qo'shgan barakali hissalari uchun chin dildan minnatdorchilik bildiradi hamda kelgusi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi», - deyiladi xabarda.

Bugungi yangiliklar