Bugun
45
O'zbek

Myuller «Vankuver Uaytkэпс» bilan shartnomasini uzaytirdi

Futbol
29 sentabr, 13:06
    5
Tomas 2025-yil avgustidan buyon Kanada klubi sharafini himoya qilib kelmoqda.
Myuller «Vankuver Uaytkэпс» bilan shartnomasini uzaytirdi
Фото: Getty Images

«Vankuver Uaytkэпс» klubi yarim himoyachi Tomas Myuller bilan shartnomasini uzaytirdi. Bu haqda MLSning rasmiy sayti xabar berdi.

Germaniyalik xavbekning Kanada klubi bilan shartnomasi MLSning 2027-yilgi bahorgi mavsumi yakuniga qadar amal qiladi.

Eslatib o‘tamiz, 2027-yildan MLS chempionatni «kuz-bahor» tizimida o‘tkazishga o‘tadi. Bunga qadar yilning birinchi yarmida qisqartirilgan mavsum bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, Tomas 2025-yil avgustidan buyon «Vankuver Uaytkэпс» sharafini himoya qilib kelmoqda. U jamoa tarkibida Kanada chempionligini qo‘lga kiritdi va MLSda kumush medallarga sazovor bo‘ldi. Shu kungacha klub safida jami 45 ta uchrashuvda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Bunga qadar Tomas «Bavariya» safida uzoq yillar o‘ynagan. Myunxenliklar safida jami 33 ta sovrinni qo‘lga kiritdi. Jumladan, ikki marta Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi. Shuningdek, germaniyalik futbolchi 2014-yilgi jahon chempioni hisoblanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Vancouver Whitecaps Vancouver Whitecaps
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar