Live
1
O'zbek

"MYU" sobiq futbolchisini bosh murabbiylikka olib kelmoqchi

Futbol
18 sentabr, 08:30
Amaldagi murabbiy Ruben Amorim qoniqarsiz natijalar tufayli ishdan bo'shatilishi mumkin.
"MYU" sobiq futbolchisini bosh murabbiylikka olib kelmoqchi
Foto: Centre Devils

So'nggi kunlarda «Manchester Yunayted»da bosh murabbiy iste'fosi bilan bog'liq xabarlar ko'payib qoldi. Ruben Amorim qoniqarsiz natijalar tufayli ishdan bo'shatilishi mumkin.

The Mirror nashri xabariga ko'ra, «qizil iblislar» 40 yoshli portugaliyalik murabbiy iste'foga chiqarilgan taqdirda o'zining sobiq futbolchisi Maykl Karrikni bosh murabbiylikka olib kelishi mumkin.

Karrikning so'nggi ish joyi «Middlsbro» klubi bo'lgan. U 2022-2025 yillar davomida jamoani boshqargan. Shuningdek, 44 yoshli mutaxassis 2018 yildan 2021 yilgacha «Manchester Yunayted»da bosh murabbiylarga yordamchi lavozimida ishlagan.

Futbolchilik faoliyati davomida sobiq tayanch yarimhimoyachisi mankunianliklarning jami 464 ta o'yinida 24 ta gol urib, 35 ta assist qayd etgan.

Bugungi yangiliklar