Saul Alvares Terens Kroufordning faoliyatini yakunlaganidan hafa ekanini bildirdi.
"Bu achinarli, chunki men muxlislar revanshni ko'rishga loyiq edi deb hisoblayman. Lekin bunday holatlar bo'lib turadi va men o'z faoliyatimga e'tibor qaratishimga to'g'ri keladi.
Ko'p narsani o'rgandim. Saboq oldim va bu safar tanam hamda jarohatlarim haqida yaxshiroq g'amxo'rlik qilishga vaqt ajratdim. Hozir o'zimni juda yaxshi his qilyapman. Qaytishni sabrsizlik bilan kutyapman", — deya Alvaresning so'zlarini keltiradi The Ring.
Terens Krouford 38 yoshda. U 2025 yil sentyabr oyida Saul Alvaresni yakdil qaror bilan mag'lub etib, ikkinchi o'rta vaznda mutlaq jahon chempioni bo'lgan. Dekabr oyida esa Krouford faoliyatini yakunlaganini e'lon qilgan.
"Muxlislar revansh ko'rishga loyiq edi" — Alvares Kroufordning faoliyatini yakunlaganidan hafa
Boks
31 may, 11:20
Meksikalik bokschi ringga qaytishni sabrsizlik bilan kutmoqda.
Foto: Getty Images