CAFA Nations Cup-2025 1-turi doirasidagi O'zbekiston – O'mon (1:1) o'yinidan keyin Temur Kapadze matbuot anjumanida ishtirok etib, milliy jamoada bosh murabbiy o'zgarishi haqidagi xabarlar futbolchilarni ham chalg'itganini ma'lum qildi.
«O'yin davomida gollar urish uchun imkoniyatlarimiz bor edi, ammo ulardan foydalana olmadik. Umuman ko'proq vaziyat yaratsak bo'lardi. O'zi umuman olganda, bu turnirdan va 1-tur uchrashuvilan oldin bizda faqat ikkita mashg'ulot o'tkazish imkoni bo'ldi. Kecha va undan avvalgi kun taktika mashg'uloti qila oldik. Undan oldin esa tiklanish jarayoni, qaysidir o'yinchi endi keldi, boshqasi endi keladi, degan narsa bilan yurdik.
Kechirasizlar-u, undan tashqari internet tarmog'idagi murabbiylar haqidagi keldi-ketdilar bo'layotgan paytda o'yinchilar qanday «nastro'y» qiladi, hammasida telefon bor, kuzatadi. Bu bizni ham chalg'itmoqda. Shuning uchun, ikki kun ichida boricha tayyorgarlik ko'rdik. Yigitlar maydonda borini ko'rsatishga intildi», - dedi Kapadze o'yindan keyingi matbuot anjumanida.
Eslatib o'tamiz, vakillarimiz turnirni durang natija bilan boshladi.