Bugun
30
O'zbek

«Muhsin, biz sen bilan!» – Samarqandda o‘zbek futboli yulduzlari ishtirokida xayriya uchrashuvi o‘tkaziladi

Futbol
4 sentabr, 06:17
Chiptalar sotuvidan tushgan mablag‘ to‘liq Muhsin Muhammadiyevga yetkaziladi.
«Muhsin, biz sen bilan!» – Samarqandda o‘zbek futboli yulduzlari ishtirokida xayriya uchrashuvi o‘tkaziladi
photo: Istiqlol FK

«Muhsin, biz sen bilan!» – Samarqandda o‘zbek futboli yulduzlari ishtirokida xayriya uchrashuvi o‘tkaziladi

6 sentyabr, shanba kuni Samarqandda «Dinamo» jamoasi faxriy o‘yinchilari va O‘zbekiston milliy jamoasi sobiq futbolchilari ishtirokida katta xayriya o‘yini o‘tkaziladi. Bu haqida «Dinamo» matbuot xizmati xabar bermoqda.

«Xabaringiz bor, «Dinamo» jamoasining afsonaviy hujumchisi tojikistonlik Muhsin Muhammadiyev yil boshida bir necha marta insultni boshdan kechirdi. O‘zbek futbolida goleador hujumchi va murabbiy sifatida nom qoldirgan 58 yoshli mutaxassis so‘nggi bir necha oydan buyon Moskvadagi shifoxonada og‘ir xastalik bilan kurashmoqda va uning tuzalib, tiklanishi uchun murakkab jarrohlik amaliyotlari zarur.

Muhsin Muslimovichni ruhan va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘zbek futboli yulduzlaridan iborat O‘zbekiston milliy terma jamoasi sobiq o‘yinchilari hamda «Dinamo»ning faxriy o‘yinchilari o‘rtasida «Muhsin, biz sen bilan» shiori ostida Samarqandda xayriya o‘yini tashkil etilmoqda. 6 sentyabr, shanba kuni soat 17:00da san’atkorlar ishtirokida konsert dasturi, soat 18:00da esa katta xayriya uchrashuvi boshlanadi! Stadionga kirish chiptasi narxi – 20 ming so‘m!

O‘yingohga keling va «Dinamo» afsonasi Muhsin Muhammadiyevni qo‘llab-quvvatlab, xayrli ishga hissangizni qo‘shing! Chiptalar sotuvidan tushgan mablag‘ to‘liq Muhsin Muhammadiyevga yetkaziladi», — deb yoziladi xabarda.

Xayriya uchrashuvi. 6 sentyabr (shanba)
«Dinamo» faxriylari – O‘zbekiston MTJ faxriylari
Samarqand, “Dinamo” stadion.
Konsert boshlanishi: 17:00
O‘yin boshlanish vaqti: 18:00.

Bugungi yangiliklar