Live
1
O'zbek

Messi: «Kabo-Verde Ispaniya va Urugvayga yutqazmagani tasodif emas»

Futbol
4 iyul, 07:01
Argentina milliy jamoasi hujumchisi Kabo-Verde ustidan qozonilgan g‘alaba (3:2, qo‘shimcha vaqt) haqida fikr bildirdi.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
Messi: «Kabo-Verde Ispaniya va Urugvayga yutqazmagani tasodif emas»
Foto: Getty Images

Argentina milliy jamoasi hujumchisi Lionel Messi JCH-2026 1/16 finalidan o‘rin olgan Kabo-Verde milliy jamoasi ustidan (qo‘shimcha bo‘limlarda 3:2) qozonilgan g‘alaba haqidagi fikrlarini bildirdi.

«Bizning jamoa ancha vaqtdan buyon isbotlab kelmoqda: biz doimo oxirigacha kurashamiz.

Bu o‘yinda standart vaziyatlar ish berdi, garchi oxirgi vaqtlarda bizda bunday vaziyatlar yaxshi ishlamayotgan edi. Bunday o‘yinlarda bu juda muhim.

Tarkibimizda bosh bilan yaxshi o‘ynaydigan o‘yinchilar bor, havodagi kurashlarda muvaffaqiyatli o‘ynay oladigan futbolchilarimiz bor va bundan foydalanishga muvaffaq bo‘ldik.

Kabo-Verde Ispaniya va Urugvayga yutqazmagani tasodif emas.

Biz qiyin vazifani bajardik – birinchi bo‘lib gol urdik. Va biz shu orqali o‘z ritmimizni topamiz deb o‘yladik. Lekin aksincha bo‘lib chiqdi. Biz to‘plarni yo‘qotishni boshladik, orqaga qaytdik, samarali pressingni uddalay olmadik», – dedi Lionel Messi.

Bugungi yangiliklar