Live
14
O'zbek

Mbappe — YCHL umumiy bosqichining eng yaxshi to'purari, Olise va Vinisius — eng yaxshi assistentlar

Futbol
28 yanvar, 18:00
Fransiyalik hujumchi Ronalduning rekordini yangiladi.
Mbappe — YCHL umumiy bosqichining eng yaxshi to'purari, Olise va Vinisius — eng yaxshi assistentlar
Foto: Getty Images

Kilian Mbappe Yevropa Chempionlar Ligasining umumiy bosqichining eng yaxshi to'purari bo'ldi.

«Real» hujumchisi 7 o'yinda 13 ta gol urib, bungacha bir mavsumdagi guruh bosqichida eng ko'p to'p kiritgan Krishtianu Ronalduning rekordini yangiladi.

«Bavariya» vingeri Maykl Olise va «Real» vingeri Vinisius Junior 6 tadan golli uzatma bilan eng yaxshi assistentlar bo'ldi.

Darvozabonlar orasida eng ko'p quruk o'yin o'tkazgan esa «Tottenhеm»dan Guliеlmo Vikariodir — u 8 ta bahsning 6 tasida «nol»ga o'ynadi.

Bugungi yangiliklar